Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

0
568

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Nukus garnizoni harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi, Nukus harbiy prokuraturasi xodimlari, harbiy qism va muassasalarining harbiy xizmatchilari, haydovchi ishchilar qatnashdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar yo‘l harakati qoidalariga so‘nggi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, transport vositasida harakatlanish davomida alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida qoidalarga rioya etmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarish natijasida yuzaga kelgan yo‘l transport hodisalarining salbiy oqibatlari aks etgan videofilm namoyish etildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati