Termizda kuch tuzilmalar ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
4276

Joriy yilning 7-fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorda qo‘yilgan talablarni bajarish maqsadida Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mas’ul ofitserlari, Mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshqarmasi vakillari, Termiz harbiy prokuraturasi xodimlari hamda kuch tuzilmalari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda Mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Akbar Sabirov ishtirok etib, Mudofaa vazirining birinchi o’rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rejani ishtirokchilarga yetkazdi. Shundan so‘ng, kuch tuzilmalardan kelgan mutaxassislarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari hamda takliflari tinglandi.

Tadbir davomida  Termiz temir yo‘l bekati, shahobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi boshlig‘i polkovnik Nabijon Jo‘rayev tomonidan muddatli harbiy xizmatni belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni uylariga kuzatilishi hamda chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga sog‘-salomat yetib kelishlarini ta’minlash, ular uchun barcha zurur shart-sharoitlar va ehtiyot choralari ko‘rish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Yig‘in yakunida Prezident qarorida belgilangan vazifalar qayta muhokama qilinib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar taqsimlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni