Qo‘mondon yoshlar bilan uchrashdi

435

Namangan shahridagi Prezident maktabida “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari, Davlatobod tuman hokimi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi raisi, o‘quvchi yoshlar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov so‘zga chiqar ekan, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. U mazkur muassasada yaratilgan sharoitlar, undagi tartib va intizom, o‘quvchilarning qiziquvchanligi va bilimga chanqoqligini alohida e’tirof etdi.  

Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari qo‘mondon bilan ochiq muloqotga kirishdi.

Jumladan, qo‘mondon yoshlarga murojaat qilib, kelajakda qaysi kasbni egallashidan qat’iy nazar vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan yetuk kadr bo‘lib yetishlari kerakliga uqtirildi. Ayniqsa, harbiylik kasbini egallashi uchun har bir insondan bilim, iroda va alohida kuch talab qilinishi o‘quvchilarga tushuntirildi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga ulanib ketdi.  Ochiq muloqotda faollik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Bundan tashqari maktab Axborot-resurs markazi uchun kitoblar to‘plami sovg‘a tariqasida topshirildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirib, ularning ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada ortishiga turtki bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati