Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Bugun, 11-fevral kuni Sharqiy harbiy okrugda polkovnik Lutfulla Buzrukovni tantanali ravishda kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Unda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov, okrug qo‘mondonligi, garnizonlardagi barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan polkovnik Lutfulla Buzrukovning harbiy okrug qo‘shinlarida jangovar shaylik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, harbiy oilalarning ijtimoiy himoyasi, shuningdek, yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazishda, eng muhimi — xalq va armiyani birlashtirgan inson sifatida barcha xizmatlari e’tirof etildi.
Tadbir so‘ngida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov polkovnik Lutfulla Buzrukovga barcha shaxsiy tarkib nomidan minnatdorchilik bildirib, tantanali ravishda esdalik sovg‘alari topshirdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati