O‘quvchi yoshlar Sport markazining o‘q otish sport bazasi mehmoni bo‘ldi

0
456

Mudofaa vazirligi Sport markazining oʻq otish sport bazasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, ayni kunlarda mamlakatimizda harbiy xizmatchilar, sportchilar, yoshlar va yurtimiz aholisi ishtirokida turli tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. “Sport mening hayotim” pozitsiyasini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligi Sport markazining oʻq otish sport bazasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” ham ana shunday targ‘ibot tadbirlariga bo‘ldi.

Unda markazning nomdor sportchilar, shuningdek, Toshkent shahri Olmazor tumanining 233-sonli oʻrta maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Tashrif davomida yoshlar darts, pnevmatik qurollardan oʻq otish va stol tennisi sport turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida Sport markazi mutasaddilari yoshlarga harbiy sportchilar erishgan yutuqlar va Mudofaa vazirligi tizimida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindor hamda alohida faollik koʻrsatgan ishtirokchilar nomdor sportchilar tomonidan medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti