Navoiyda joylashgan harbiy qism jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi

0
1324

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qismda qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama tekshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Taʼkidlash joizki, bo‘linmalarda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tekshiruvlarda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho berilmoqda.

Mashg‘ulotda dastlab harbiy qism shaxsiy tarkibining “Trevoga” signali asosida harakatlanishi, qo‘riqlashni kuchaytirilgan tizimga o‘tkazish amaliyotlari sinovdan o‘tkazildi.

Harbiy qism yuqori jangovar shaylikka keltirildi, barcha shaxsiy tarkib o‘ziga belgilangan joylar bo‘yicha qo‘riqlovni tashkil qildi. Saf ko‘rigi orqali esa muddatli harbiy xizmatchilar, serjantlar va ofitserlar tarkibining hujjatlari, safar xaltasi, qurol-aslaha va anjomlari tekshirildi.

Bir soʼz bilan aytganda harbiy qismda olib borilayotgan oʼquv mashgʼulotlari yurt posbonlarining jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirish, komandirlik boshqaruvi va favqulodda holatlarda harbiy xizmatchilarning toʼgʼri va aniq harakatlanish koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat.

Harbiy qism harbiy xizmatchilarining nazariy bilimlari va jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilgach, navbat amaliy mshg‘ulotlarga yetib keldi. Ushbu bosqichda vatan himoyachilari o‘zlariga biriktirilgan qurollardan amaliy otish va turli sinovlardan o‘tkazilib, okrug qo’mondonligi boshchiligida ma’sul ofitserlar tomonidan baholanib borildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati