Jizzaxda yoshlar uchun tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davom etmoqda — foto

0
599

Oldin xabar berganimizdek, Markaziy harbiy okrugning jizzax garnizonidagi harbiy qismda yoshlar uchun 10 kunlik “Jasorat maktabi” o’quv yig‘ini o‘tkazilmoqda. Yig‘ish ishtirokchilari kunni erta tongdan badantarbiya mashg‘ulotlari, jangovar tayyorgarlik bo’yicha otish tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, aloqa, muhandis va saf tayyorgarliklari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bilan boshlayapti.

Yig‘inga jalb etilgan yoshlarni kasbga yo‘naltirish va o‘z kelajagini belgilashi uchun Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda oliy ta’lim muassalarining yetekchi mutaxassisalri tomonidan dastlabki nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.

Umuman boshqacha tasavvur va hayollar bilan kelgan yoshlar ikkinchi kundayoq hukumatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni chuqur anglab, egniga harbiy libos bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilib, o‘zlarida vatanparvarlik, ishbilarmonlik, sportsevarlik, san’atsevarlik kabi hislarini shakllantirib, kasb-hunari orqali bor iste’dodlarini namoyon etishga kirishdi.

Yig‘in rejasiga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida turli sport o‘yinlari va ko‘rik tanlovlar ham o‘tkazilishi belgilangan. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan psixologik treninglar tashkil etilib, ularning stress holatlarini yechish va liderlik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, yig‘in ishtirokchilarining dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Sahrof Rashidov yodgorlik muzeylariga sayohat qilish, oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati