Chirchiqda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor qabul tashkil etildi

0
990

Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yanada oshirish, harbiy xizmat o‘tash uchun qulay sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu kabi tashabbusli ishlarning yaqqol misoli sifatida bugungi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolariga berilayotgan imtiyozlar, ularning turmush tarzi va bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlardan ko‘rsa bo‘ladi.

Buning isboti sifatida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari va Milliy gvardiya qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor hamda ommaviy qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qabullar davomida Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan barcha kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining huquqiy bilimlarini oshirish bilan bir qatorda, bugungi kunda o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha tegishli mansabdorlar shaxslarga murojaat qilishdi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar, albatta, bungi kunda hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan alohida e’tiborning amaldagi yaqqol misoli desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti