Bir guruh tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari malaka oshirmoqda

0
1489

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlarining diniy va dunyoviy bilimlarini oshirish, shaxsiy tarkib orasida to‘g‘ri targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida ularning O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazida tashkil etilgan o‘quv kursida malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun ushbu oliy dargohda navbatdagi o‘quv kursi boshlandi. Mashg‘ulotlar avvalida professor-o‘qituvchilar tomonidan din tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, inson ma’naviyatidagi o‘rni, yurtimiz allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi va jahon dinlarining o‘xshash va farqli jihatlari xususida harbiy xizmatchilarga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, turli noqonuniy diniy tashkilotlar va oqimlar faoliyati, missionerlik, prozeliotizm kabi tushunchalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Mashg‘ulotlar davomida yurt himoyachilari mazkur mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Yakunda mavzuga oid o‘quv filmi namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti