Andijonda “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” boshlandi

0
829

Oʻzbekiston Prezidenti 2023-yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini sifatli va samarali tashkillashtirish vazifasini qo‘ygan edi. Shu maqsadida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qism bazasida viloyatdagi yoshlarning 100 nafari bilan 10 kunlik “Yosh vatanparvarlar yigʻini” tashkil etildi. 

Yigʻinning dastlabki kunida yoshlar bilan alohida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi, malakali ofitserlar hamda Andijon davlat pedogogika institutining professor oʻqituvchilari tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, Andijon harbiy prokurori, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda jamoatchilik aʼzolari yoshlar bilan uchrashib, ular bilan O‘zbekiston armiyasida yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida suhbatlashdi.

Tadbir davomida yig‘inda ishtirok etayotgan har bir yoshni okrug qo‘shinlari qo‘mondoni boshchiligida biriktirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda 5 nafar Andijon viloyatining turli tumanlaridan ishtirok etayotgan yoshlar Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga biriktirildi, qolgan yoshlar esa harbiy qism komandiri va ofitserlariga biriktirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati