Imtiyozli tavsiyanomalarni olish uchun test sinovlari boshlandi

0
729

Bugun, 26-yanvar kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar  tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash hamda ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari ishtirokida test sinovlari boshlandi.

Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug

O‘qishga kirishda muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyoz beradigan tavsiyanoma uchun tuzilgan mazkur test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika, shuningdek, qolgan 20 tasi mantiqiy savollardan iboratdir. Test sinovlarini bajarish va javoblarini belgilash uchun askarlarga 3 soat vaqt ajratilgan.

Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug

Shuningdek, ular respublikaning oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida ajratilgan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi. Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi

Test sinovlari barcha hududlarda o‘tkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axbotot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti