Hamkorlik memorandumi imzolandi

0
1005

Chirchq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Vatan muqaddas, uni asramoq mardlarga xos” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy musiqiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq garnizonidagi harbiy qismlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Memorandumdan koʻzlangan asosiy maqsad — milliy armiyamizga yoʻriqchi sportchilar yetkazib berish hamda mavjud sportchilar malakasini oshirishdan iborat.

Shuningdek, tadbirda mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov, universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar, harbiy faxriylar hamda talabalar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarga professional sport bilan shug‘ullanish hamda uning har bir sportchi hayotidagi ahamiyati, shu bilan birga, harbiy sportchi bo‘lish naqadar ulkan sharaf ekani to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbirning badiiy qismidagi Toshkent harbiy okrugi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ansambli ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlar oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati