“Tinchlik yо‘lida hamkorlik” dasturi tayyorlash Markazida muhim memorandumlar imzolandi

0
1095

Har qanday rivojlanishning ildizi bevosita taʼlim islohotlariga borib taqaladi. Eng kichik zarradan kosmosgacha boʻlgan masofalar fan va taʼlimdagi evrilishlar natijasida tobora qisqarib bormoqda.

Bu borada milliy armiyamizda ham yangicha taʼlim standartlari amaliyotga joriy qilinayotgani, ayniqsa, xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borayotgani yaxshigina samara bermoqda. О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yо‘lida hamkorlik” dasturi tayyorlash Markazida amalga oshirilayotgan ishlar ham fikrimizga yorqin misoldir.

Bugun, 21-yanvar kuni ushbu Markaz va Respublikamizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Marosimida O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqa universitetlar vakillari ishtirok etishdi.

Tomonlar imzolangan memorandumlar orqali professor-о‘qituvchilar almashinuviga kо‘maklashish, о‘zaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yо‘lga qo‘yish, professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish borasida о‘zaro amaliy yordam kо‘rsatish, ilmiy-uslubiy seminar va konferensiyalar, pedagogik mahoratni oshirishga yо‘naltirilgan boshqa tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazib boriladi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida о‘quv faoliyatining tegishli sohalarida yig‘ilgan tajriba va bilimlarni almashish, xorijiy tillarni bilish darajasini baholash tizimini takomillashtirish bо‘yicha tajribalar almashish, masofaviy ta’limga yо‘naltirilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia mahsulotlari yaratish sohasida hamkorlik, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasida ikki tomonlama hamkorlikni tashkillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

 

Marosim davomida О‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari о‘rtasida chet tillarni о‘qitish va о‘rganish sohasida ikki tomonlama va kо‘p tomonlama hamkorlikni yо‘lga qо‘yish muhimligini qayd etildi va ushbu turdagi о‘zaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish, raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlash va qо‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida konsert dasturi ham o‘rin olib, unda yangragan kuy-qo‘shiqlar  “Tinchlik yо‘lida hamkorlik” dasturi tayyorlash Markazi xodimlari, pedagog va professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti