Prezident tomonidan Markaziy harbiy okrugga topshirilgan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” Jizzax va Samarqand viloyatlari bo‘ylab aholi yoshlarga tanishtirilgach, Navoiy viloyatiga kuzatib qo‘yilgan edi. Kuni kecha navoiylik yurtdoshlarimiz ham ushbu jangovar bayroqni ko‘tarinki kayfiyat ila qarshi olishdi.
Ayniqsa, “Amir Temur jangovar bayrogi”ni kutib olishga chiqqan har bir o‘g‘il-qiz bayroq oldida Sohibqiron va uning lashkarlari siymosi gavdalantirilgani, bugungi armiyamiz faxri bo‘lgan harbiy xizmatchilarning shahdam qadamlar bilan bayroqni olib kelishini ulkan taassurotlar bilan kutib oldi.
Navoiy shahar yoshlar markazida tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyati hokimi, harbiy ma’muriy sektor rahbari Normat Tursunov, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov va yoshlar ushbu yuksak e’tirof bilan barchani qutlashdi.
Navoiy viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlar garnizondagi harbiy qismda, Navbahor va Xatirchi tumanlarida ham o‘tkazilib, Samarqand viloyatining kuzatib qo‘yildi.
Shundan so‘ng, “Amir Temur jangovar bayrog‘i”ni Markaziy harbiy okrug Situatsion markaziga tantanali ravishda o‘rnatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati