Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri boʻylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

0
2450

Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasi fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun kitoblar, koʻngilochar vositalar, shaxmat-shashka oʻyinlari ham tashkil etilgan.

Harbiy dala oshxonalari tashkil etilgan hududlar roʻyxati:

  • Mirzo Ulugʻbek tumani — “Alisherobod” va “Olimlar mehallasi” (90-074-63-66, 91-773-02-42);
  • Mirobod tumani — “Birodarlik” va “Parvona” mahallalari (88-548-19-74, 97-293-80-30);
  • Yakkasaroy tumani — “Bobur” va “Boshliq” mahallalari (99-817-79-56, 99-837-79-56);
  • Olmazor tumani — “Quyosh” va “Shodiyona” mahallalari
    (97-759-91-77, 97-749-92-46);
  • Yangihayot tumani — “Navqiron” mahallasi (77-019-22-19);
  • Uchtepa tumani — “Koʻhna choʻponota” va “Vatan” mahallalari
    (00-244-42-29, 88-244-42-29);
  • Chilonzor tumani — “Sharaf” mahallasi (97-484-92-73);
  • Yashnobod tumani — “Jarboshi” va “Shironobol” mahallalari
    (99-494-95-14, 97-034-00-52);
  • Yunusobod tumani — “Otchopar I” va “Posira” mahallalari
    (97-463-08-75);
  • Shayxontohur tumani — “Yangi Beltepa” mahallasi (97-345-09-82);
  • Sergeli tumani — “Xonobod” va “Sadoqat” mahallari
    (99-052-66-83, 99-324-73-06).