Samarqandda yangi uy-joylar va binolar tantanali ravishda topshirildi

0
924

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqandda yangi uy-joylar hamda binolar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ixtiyoriga tantanali ravishda topshirilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi “Qorasuv” massivida yangi va zamonaviy ko‘rinishga ega ko‘p qavatli uylarning 90 ta xonadoni kalitlari Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolariga foydalanishga topshirildi.

Marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va sektor rahbarlari, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi, nuroniylar hamda yangi xonadon egalarining oila a‘zolari ishtirok etishdi.

Mehmonlar zamonaviy loyihalar asosida qurilgan ikki va uch xonali uy egalarini farovon hayot kechirishi uchun barcha qulayliklar asosida yaratilganini aytib, milliy armiyamizning salohiyatini har tomonlama oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritishib, ularga oilaviy baxt va omad tilashdi.

Shu kuni okrug tasarrufidagi Samarqand garnizonida joylashgan yana ikkita harbiy qismda zamonaviy ko’rinishga keltirilgan oshxona, yotoqxona va yangi o’quv binosi ham foydalanishga topshirildi.

Mudofaa vazirligi rahbariyati amaliy koʻmagi hamda harbiy okrug qoʻmondonligining tashabbusi bilan bayram tuhfasi sifati yangicha ko’rinishga kelgan ushbu binolar harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatini yanada yaxshilash xizmat qiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati