Vodiy viloyatlarida o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi

0
661

Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona, Andijon va Namangan garnizonlarida viloyatlardagi umumta’lim maktablari va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining chaqiruvqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun bir kunlik o‘quv yig‘inlar o‘tkazildi.

Ushbu yig‘indan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali o‘tkazish maqsad qilingan.

Mazkur tadbirda oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan har bir ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda o‘qishga kirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Bundan tashqari, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni sifatli tashkillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Abdullayev va okrug mas’ul ofitserlari soha yo‘nalishi bo‘yicha yig‘in ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytardi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati