“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi Sport markazining oʻq otish sport bazasida Chilonzor tumanidagi maktab oʻquvchilari va sportchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida markaz mutasaddilari yoshlarga harbiy sportchilar erishgan yutuqlar va Mudofaa vazirligi tizimida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha maʼlumot berdi.
Tashrif mobaynida yoshlar oʻq otish sporti boʻyicha oʻz mahoratlarini sinab koʻrdi va yakunda bir qator ishtirokchilar koʻrsatgan alohida faolligi uchun Olimpiya va jahon chempionlari kapitan Ruslan Nurudinov hamda Qurolli Kuchlar xizmatchisi Svetlana Osipova tomonidan medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti