“Eng ilg‘or jangovar vzvod”. Bilim, kuch va matonat sinovlari

0
1019

“Eng ilg‘or jangovar vzvod” ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoalaridan sinovlar olish jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning ilk kunida saf ko‘rigi, harbiy xizmatchilarning tegishli hujjatlari, ularga biriktirilgan qurol-aslahalar va safar anjomlari tekshirildi.
Tanlovning keying shartlarida test sinovlari orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lsa, ularning jismoniy tayyorgarligi qisqa va uzoq masofaga yugurish, tosh ko‘tarish, turnikda tortiдish kabi mashqlarda aniqlandi. Shuningdek, ularning merganlik mahoratlari qurollar, jangovar va zirhli texnikalardan belgilangan nishonlarga o‘q otish shartida namoyon bo‘ldi.

Albatta, tanlov rejasida belgilab berilgan shartlarni a’lo baholarga bajarish qatnashchilardan kattagina kuch talab etadi. Bu jarayonlarda esa ularga sohaga doir egallagan bilim va ko‘nikmalari katta ko‘mak beradi. Musobaqaning bu galgisida ham yigitlar o‘zlarida bor bilim, kuch va matonatlarini ishga solgan holda harakat qilishdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati