Sport musobaqalarining harbiy okrug bosqichi nihoyasiga yetdi

0
688

Jizzax garnizonidagi harbiy qismlardan birida o‘tkazilayotgan “Tosh ko‘tarish” hamda “Milliy kurash” sporti bo‘yicha musobaqalarning Markaziy harbiy okrug boqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

“Milliy kurash” bahslarida harbiy xizmatchilar 60, 66 ,73, 81, 90, 100 hamda +100 kg vazn toifasida gilamga chiqishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida kuragi yerga tegmagan alp o‘g‘lonlar halol olishib, o‘zlarining yigitlik burchini o‘tayotgan harbiy qismlarining sha’ni va or nomusi uchun shiddat bilan harakat qilishdi va gilamda eng kuchlilar qoldi.

Bahslarni kuzatish maqsadida Jizzax shahridagi “Temurbeklar izdoshi” maktab o‘quvchilari ham bevosita ishtirok etib sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishdi.

Sport musobaqlarining xar ikki turi bo‘yicha umumiy natijalar quyidagicha ko‘rinishga keldi:

“Tosh ko‘tarish” musobaqasi bo‘yicha:
1. Samarqand garnizonidagi harbiy qism;
2. Jizzax garnizonidagi harbiy qism;
3. Samarqand garnizonidagi harbiy qism.

“Milliy kurash” musobaqasi bo‘yicha:
1. Markaziy harbiy okrug sportchilar vzvodi;
2. Samarqand garnizonidagi harbiy qism;
3. Jizzax garnizonidagi ikkita harbiy qism harbiy xizmatchilariga nasib qildi.

G‘olib va sovrindorlar okrug qo‘mondonligining medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati