Farg‘onada ko‘rik-tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

0
726

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida oʻtkazilgan «Eng ilgʻor batalyon(divizion)” koʻrik-tanlovining uchinchi bosqichida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari sharafini munosib himoya qilib, gʻolib boʻlgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, Farg‘ona garnizoni, Chust tumani va Marg‘ilondagi harbiy qismlar harbiy xizmatchilari o‘z yo‘nalishlarida tengsiz deb topilib, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari hisobiga toʻrtta g‘alabani yozib qo‘ygandi. 

Bugun, 27-dekabr kuni mazkur tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, okrug nomini munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi.

Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Lutfullo Buzrukov barchani gʻoliblik bilan hamda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi va ularga esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Tadbir harbiy orkestr jamoasi va sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari bilan yanada jozibali oʻtdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati