Qo‘mondon vodiy yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

0
690

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyatidagi ko‘plab umumta’lim maktablarining o‘quvchilari jam bo‘lgan ushbu suhbatda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida hamda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlarga haqida gapirdi. 

Qo‘mondon harbiy xizmatning mashaqqati, shu bilan birga naqadar sharafli kasb ekani Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga beriladigan imkoniyatlar va imtiyozlar, oliy harbiy bilim yurtlarida ta’lim olish uchun hozirdan nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha ma’lumotlar berdi. 

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan hech bir savol javobsiz qolmadi, yoshlar bilan dialog shaklida o‘tkazilgan suhbat yig‘ilganlar uchun sermazmun o‘tgani shubhasiz. 

Tadbir so‘nggida muloqotda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga okrug qo‘mondonining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, Andijon shahrida ham “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Komandir va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Andijon garnizonidagi harbiy qism komandiri polkovnik Mirsaid Shukurov, shahardagi 11-umumta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari, yoshlar agentligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati