O‘ksik ko‘ngillarga quvonch ulashgan harbiylar

0
443

Inson hamisha mehr-muruvvatga ehtiyoj sezib yashaydi. Arzimas buyum yoki bir og‘iz aytilgan shirin so‘z ham bir ko‘ngilni obod etishi, uning hayotiga nur olib kirishi hech gap emas.
“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Markazga Samarqand shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb hunar maktabi o‘quvchilari sayohat qilishdi.
Sayohat davomida o‘quvchilar mashg‘ulot xonalari, kutubxona, Markazda kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va ularga harbiy texnikalar hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, Samarqand garnizoni orkestr jamoasining konsert dasturi ular ko‘nglini yanada xushnud etdi va kursantlar bilan birgalikda tushlik qilishdi.
Sayohat so‘ngida bolajonlarga Markaz qo‘mondonligi tomonidan sovg‘alar topshirildi. O‘z navbatida o‘quvchi yoshlar ham harbiylarga Vatan, do‘stlik, ota-ona hamda mehr-muruvvat mavzusidagi yod olgan she‘rlarini aytib, yig‘ilganlarni xushnid qildi.
Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli va savobli ishlarga undaydi.

kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV