Armiyamiz polvonlari okrug bosqichida bellashmoqda

0
748

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda sportning “Tosh ko‘tarish” turi bo‘yicha okrug bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada okrug tasarrufidagi Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi harbiy qismlardan 70 dan ortiq harbiy xizmatchilar 60, 65, 70, 75, 80, 85, 90 va +90 kg vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa shartiga ko‘ra ishtirokchilar 24 kg toshni dast ko‘tarish va 2 ta 24 kg toshni siltab ko‘tarish bo‘yicha bilaklaridagi bor kuchlarini namoyon etishdi.

– Bugungi musobaqa davomida 75 kg vazn toifasida ishtirok etib, siltab ko‘tarish bo‘yicha toshlarni 90 marotaba ko‘tarib raqiblarimdan ustun keldim. Bu mening shaxsiy rekordim emas, shaxsiy rekordimda 105 marotaba ko‘targanman. Endilikda Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkaziladigan musobaqada albatta shaxsiy rekordimni yangilayman, – deydi kichik serjant Muzrob Eshmurodov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati