Chirchiqda havo hujumidan mudofaa tizimiga bag‘ishlangan harbiy-ilmiy anjuman o‘tkazildi

0
1261

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida milliy armiyamizda “Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mufodaa tizimi: tahlil, muammo va yechim” mavzusida harbiy-ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda oliy harbiy bilim yurtining ofitserlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, malaka oshirish fakulteti tinglovchilari, Qurolli Kuchlar akademiyasi, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituiti vakillari, shuningdek, Milliy universitetining harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi, DXX Chegara qo‘shinlari, harbiy okruglar vakillari va HHM mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur anjumanni tashkil etishdan maqsad — jahonda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan qurolli mojarolar, lokal urushlarda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining jangovar harakatlarini ilmiy yondashgan holda o‘rganish va tahlil qilish.

Shuningdek, anjuman davomida havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining jangovar harakatlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida milliy armiyamizning Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalaridagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha xulosalar, tavsiya va takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Harbiy-ilmiy anjumanda ishlab chiqilgan xulosalar, tavsiyalar va takliflar istiqbolda oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga tadbiq etiladi.

Anjuman doirasida zamonaviy rivojlangan davlatlarning zenit raketa va artilleriya komplekslari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va QQ HHM qo‘shinlaridagi texnikalar bilan qiyosiy tahlilini o‘tkazish, dunyoda bo‘lib o‘tgan harbiy mojarolarda qatnashgan HHM texnikalarining yutug‘i va kamchiligini tahlil qilish kabi muammolar ko‘rib chiqildi.

Harbiy-ilmiy anjuman ishtirokchilari soha mutaxassilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanib, kerakli javoblarga ega bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti