Samarali mehnatlar munosib e’tirof etildi

0
1422

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tomonidan qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan bir qator rejali tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, ularni toʻgʻri saqlash va jangovar shay holda ushlab turishga qaratilgan turli amaliy ishlar davom etyapti.

Jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy qismga safarbarlik zaxiralari uchun moʻljallangan zirhli texnikalar tashib kelindi hamda ularni agregat va butlovchi qismlariga xizmat koʻrsatilib, joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Dvigatellar va havo kompressorlari konservatsiyalanib, uzoq muddatli saqlashga qoʻyildi.

Bu kabi samarali mehnatlarni qadrlash va munosib ragʻbatlantirish maqsadida Mudofaa vazirligi rahbariyati va Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi harbiy qism shaxsiy tarkibiga mudofaa vazirining minnatdorchiligini yetkazildi.

Zirhli texnikalarni taʼmirlash va modernizatsiya qilish ishlarida faollik koʻrsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirligining esdalik nishonlarini va qimmatbaho sovgʻalarini topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati