Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar va kadrlar organlarining kasb bayrami nishonlandi

0
1435

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadrlar organlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari videomuloqot orqali barcha harbiy qismlardagi soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, qo‘mondonning tegishli buyrug‘iga asosan kadr hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari xodimlari bilan bir qatorda mazkur yo‘nalishda xizmat qilgan faxriy harbiy xizmatchilar ham qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida joriy yil davomida sohada bir qator yutuqlarga erishib, tanlov va musobaqalarda o‘z mahoratini yaqqol namoyon etgan bir guruh harbiy xizmatchilar alohida e’tirof etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati