“Sazagan”da harbiy xizmatchilar qorli sharoitda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

0
1243

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida harbiy xizmatchilarning jangovar qobiliyatini oshirish va har qanday ob-havo sharoitida ham jangovar vazifasini ado etish maqsadida muntazam ravishda mashgʻulotlar tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, “Sazagan” dala oʻquv maydonida noqulay qorli sharoitda oʻtkazilgan jangovar mashgʻulotlar davomida batalyon taktik guruhi zirhli texnikalar yordamida harkatlanib, oʻquv nuqtalarida taktik tayyorgarlik borasida me’yorlani bajargan holda yetib bordi.

Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar iqlimga mos ravishda niqoblanish, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, havo hujumidan mudofaani tashkil etish, taktik tayyorgarliklar, qorli togʻ sharoitida turli pozitsiyalarda turgan holda jangovar qurollardan yangicha otish usul va uslublarini amalda sinab ko‘rdi.

Shuningdek, qoʻshinlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga koʻchirib oʻtish, harbiy texnika va yuklarni tashish uchun foydalaniladigan temir yoʻl vagonlariga ishonchli va mustahkam etib joylashtirish, saqlash va olib yurish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati