Navoiy va Jizzaxda harbiy xizmatchilarga yangi zamonaviy uylar foydalanishga topshirildi

0
1708

Navoiy hamda Jizzax shahrida Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi munosababti bilan yangidan qurilgan yangi xonadonlari kalitlari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga topshirildi.

Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar ikki va uch xonali boʻlib, ularda oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zarur buyumlari bilan jihozlangan.

Navoiy shahridagi “Taraqqiyot”, Jizzax shahridagi “Olmazor” mahallasi hududida barpo etilgan 16 qavatli uyning oʻz egalariga topshirish marosimlarida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, shahar hokimliklari, nuroniylar hamda va yangi xonadon egalarining oila aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, harbiy xizmatchilar uchun barcha qulayliklarga ega yangi uy-joylarning barpo etilishi Prezidentimiz rahnamoligida harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, ularni uy-joy bilan taʼminlash va maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir doimiy eʼtibor natijasidir. Chegaralarimiz dahlsizligi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tadbirda soʻz olib, oʻzlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati