Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifini boshladi

0
4147

Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari general-leytenant Sultan Kamaletdinov boshchiligidagi ijodiy guruh O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga yetib keldi.

Bugun, 7-dekabr kuni Qozog‘iston delegatsiyasi rasmiy tashrifni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Mehmonlarni akademiyada mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev kutib oldi.   

Kun davomida Qurolli Kuchlar akademiyasida tomonlarning rasmiy uchrashuvi va ikki davlat ijodiy guruhlarining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muziyi bo‘ylab ekskursiya va gul qo‘yish marosimlari tashkil qilinadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti