“Korrupsiya –milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida yoshlar forumi boʻlib oʻtdi

0
556

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari ishtirokida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida yoshlar forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Harbiy prokuroratura masʼul xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muxandislik bilim yurti kursantlari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori yordamchisi adliya polkovnigi Sherzod Mirzayev tomonidan korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz kurashish kundalik hayot tarzimizga aylanishi, bu illatga qarshi kurashishda barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umumiy aytganda har bir fuqaro safarbar etilishi zarur ekanligi takidlandi.
Hamkorlar tomonidan 2021-2026-yillarda Toshkent shahrida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan Bosh kelishuvning dolzarb chora-tadbirlarini oʻz vaqtida tashkil etish va amalga oshirishga yoʻnaltirilgan ishlar belgilab olindi.
Tadbir soʻngida forumning faol ishtirokchilari tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

Kapitan Boburmirzo SOLIYEV, Qurolli Kuchlari akademiyasi
boshlangʻich tashkiloti yetakchisi