Harbiy ilm-fanni rivojlantirish borasidagi ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

0
1111

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tashabbuslari bilan Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy ta’lim muassasalari isloh qilinib ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugun, 2-dekabr kuni mazkur islohotlar haqida OAV hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Milliy matbuot markazida “Mudofaa vazirligida harbiy ilm-fanni rivojlantirish borasidagi ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Matbuot anjumanida mudofaa vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi polkovnik Otabek Yuldashev va boshqa tegishli mas’ullar mavzu yuzasidan ma’lumotlar berib, respublika axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarining tibbiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqidagi savollariga javob berdilar.

Spikerlarning ma’lum qilishicha, so’nggi yillarda harbiy ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan:

  • Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy ta’lim muassasalarida 33 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi;
  • Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvlar asosida kadrlar almashinuvi tizimida harbiy mutaxassislarni o‘qitish amaliyoti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti;
  • Qurolli Kuchlarni rivojlantirish sohasida qabul qilinayotgan qarorlarni ilmiy asoslash, zamonaviy harbiy ilm-fanning dolzarb muammolarni o‘rganish, ilmiy prognozlash va istiqbolni belgilash maqsadida Mudofaa Vazirligida Harbiy-ilmiy Kengash tashkil etildi.

Ta’lim sohasida xalqaro kelishuvlar asosida harbiy mutaxassislarimiz

  • Rossiya Federasiyasi,
  • Belarus Respublikasi,
  • Koreya Respublikasi,
  • Hindiston kabi davlatlarda;
  • Tojikiston Respublikasi va
  • Qirg‘iziston davlati harbiy xizmatchilari esa Respublikamiz oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Umumqo‘shin mutaxassislarini tayyorlashning magistratura bosqichi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Magistratura bosqichida:

  • Harbiy pedagogika;
  • Harbiy psixologiya mutaxassislari bo‘yicha ofitser kadrlarni o‘qitish boshlandi.

Prezidentimizning 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi faoliyatini tubdan takomillashirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qurolli Kuchlar akademiyasi Mudofaa vazirligi ta’lim muassasalari uchun harbiy ta’lim lokomativi sifati harbiy ilm-fanning markaziga aylantirildi.

Shu bilan birga, Mudofaa vazirligida harbiy-ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish maqsadida “Ilm-fan yetakchisi” tanlovi o‘tkazish joriy etildi.

Ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikda o‘tkazilgan haftaliklarda harbiy ta’lim muassasalaridan 50 ga yaqin ishtirokchi 100 ga yaqin loyihalar bilan qatnashib, bugungi kunda Mudofaa vazirligi tizimida 60 ga yaqin ilmiy-texnik loyihalar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan ushbu loyihalar amaliy jarayonlarga tadbiq etilib, Yangi O‘zbekiston armiyasi ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti