Harbiy psixologlar malaka oshirdi

0
1509

Mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy psixologlar joriy yilning 21-oktyabr sanasidan 30-noyabriga qadar poytaxtimizdagi “PSIXOSFERA” amaliy psixologiya markazida malaka oshirdi.

Davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida ikkinchi marotaba tashkillashtirilgan kurs davomida tinglovchilar markazning malakali mutaxassislari bilan bir qatorda nufuzli taʼlim muassasalarining professor oʻqituvchilari hamda amaliy psixologlardan harbiy psixodiagnostika, amaliy-harbiy psixologiya asoslari, harbiy xizmatda psixologik konsultatsiya oʻtkazish metodikasi, harbiy-psixologik korreksiya asoslari, suitsidal xulq profilaktikasi va psixologik trening oʻtkazish metodikasi kabi yoʻnalishlarda mashgʻulot oʻtadi.

342 oʻquv soatidan iborat boʻlgan kurs soʻngida tinglovchilarga sertifikatlar Qurolli Kuchlar davlat muzeyida tashkil etilgan tadbir davomida topshirildi. 

Unda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, tinglovchilar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar, harbiy psixologlarning amaliy psixologiya boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalari kelgusida psixologik xizmatni tashkillashtishda dasturilamal boʻlishini taʼkidladi. Marosim koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Mayor Gulnora Xojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti