Jizzaxda “Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi

0
690

Sharof Rashidov tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlariga a’zo bo‘lgan mingga yaqin yoshlar Jizzax garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan tantanali va’da berish marosimida ishtirok etishdi.

Tadbirda Jizzax viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi, faxriylar kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi yetakchi yoshlari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Vatan tayanchi” harakatiga qabul qilingan o‘smirlarga tantanali va’daninig mohiyati, uning ortidan otryad a’zosi zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyat va javobgarlik, ona Vatanga sadoqat va fidoyilik borasida tushunchalar berib o‘tdi.

Marosimdan so‘ng mehmonlar uchun harbiy qismda mavjud texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, kun davomida esa harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi hamda harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari namoyish qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati