Markaziy harbiy okrugda armiya o‘yinlari musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi

0
993

Markaziy harbiy okrug “Forish” tog‘ poligonida “Men g‘olib” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan armiya o‘yinlarining “Dala oshxonasi” hamda “Qurolsoz usta” musobaqalariga start berildi. Joriy yilning 28-noyabridan 3-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqalar davomida beshta harbiy okrug hamda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligidan tashrif buyurgan jamoalar ham kuch, ham sabr-bardosh va iroda, oshpazlik mahorati bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishadi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug “Sazagan” poligonida “Xavfsiz muhit” musobaqasi ham start oldi. Tantanali ochilish marosimida barcha okruglardan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarga 5 kunlik sinov mobaynida omad va zafarlar tilandi.

Harbiy poligonlarda davom etayotgan musobaqalar o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Har bir musobaqaning har bir shartida jamoalar bor kuch va shijoatlarini ishga solib, g‘oliblik uchun astoydil harakat qilmoqda. Jamoalar musobaqalarga kuchli tayyorgarlik olib borganligi dastlabki shartlardan namoyon bo‘lib boryapti.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti