Kurashchilarimizdan medallar shodasi

0
564

Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida milliy qadriyatimizning bir boʻlagi hisoblangan kurash boʻyicha kattalar oʻrtasidagi XIII Jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.

Uch kun davom etgan katta kurash bayramida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ziyod polvonlar jami 15 ta vazn toifasida bellashib, ular orasidan jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari nomi maʼlum boʻldi. Hayajonli va murosasiz bahlarga boy boʻlgan dunyo birinchiligining soʻnggi kuni ayollar oʻrtasida -48, -52 kg, erkaklarda esa -100 va +100 kg vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi.

Umumjamoa hisobidagi gʻoliblik uchun kurash soʻnggi soniyalarga qadar davom etdi. Bugungi kun dasturi oldidan Eron bizdan bitta oltin koʻp jamgʻargan edi. Shunga qaramay, kurashchilarimiz oʻz mahoratlarini namoyish etib, yakunda asosiy raqib hisoblangan eronliklarni bitta oltin medalga ortda qoldirib ketdi.

Mamlakatimizning gʻoliblik shohsupasiga olib chiqishda asosiy hissa qoʻshganlar orasida Mudofaa vazirligi sportichilari borligi quvonali, albatta.

Mamlakatimiz vakillari 7 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni band etishdi. Ikkinchi oʻrin Eron terma jamoasiga nasib etdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza. Kuchli uchlikka Janubiy Koreya terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi.

Jami 11 ta mamlakat terma jamoalarining Punadan vatanlariga jahon chempionati medallari bilan qaytayotgani kurashimizning dunyoda yanada ommalashib borayotganini koʻrsatmoqda.

Mudofaa vazirligi sportchilarining qoʻlga kiritgan natijalari bilan tanishing:

Oltin medal:

  • -66 kg vazn toifasi — KBHX oddiy askar Artyom Shturbabin (THO).
  • +100 kg vazn toifasi — Muhsin Hisomiddinov (OʻR MV SM).