Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi

0
706

Oila azal-azaldan muqaddas qoʻrgʻon sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulgʻayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch boʻlsa jamiyat barqaror boʻladi. Unib oʻsayotgan farzandlar har tomonlama barkamol boʻlishiga imkon yaratiladi.

Yurtimizda har bir oilaning jamiyatda tutgan oʻrnini yanada oshirish, uni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-ahloqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sogʻlom oila vujudga kelishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy sharoitlarini yaratish, oila maʼnaviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni tizimli bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari ishtirokida “Oila — muqaddas dargoh” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda senator Farida Abdurahimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Dilbar Gʻulomova, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash yo‘nalishi mutaxassislari qatnashib, oilaviy masalalar, jamiyatda ayollarning oʻrni, gender, farzand tarbiyasi va qator masalalar bo‘yicha muloqot qildi. 

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalarga ega bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti