“Qo‘shinlar madhiyasi” va “Eng yaxshi jangovar qoʻshiq” koʻrik tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi

0
1336

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qism madaniyat markazida “Yuksak jangovar ruh — askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!” konseptual gʻoyasi asosida “Qo‘shinlar madhiyasi”, “Eng yaxshi jangovar qoʻshiq”, “Eng yaxshi jangovar chaqiriq va shior” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish, turli murakkab va ogʻir vaziyatlarga nisbatan ruhiy bardoshliligini, yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash orqali milliy armiyamizning jangovar shayligi va qudratini kuchaytirishdir.

Ushbu tadbirda ishtirokchilarni adolatli baholab borish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambili, davlat va nodavlat tashkiloti vakillari taklif qilindi.

Qoʻmondonlik tasarrufidagi harbiy qismlardan kelgan harbiy xizmatchilar oʻzaro bellashib, san’at yo‘nalishidagi qobiliyatlarini namoyish etdi.

Yakuniy natijalariga koʻra, “Qo‘shinlar madhiyasi” yoʻnalishi boʻyicha Toshkent shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi faxrli 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, “Eng yaxshi jangovar qoʻshiq” yoʻnalishida Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi gʻolib deb topildi.

“Eng yaxshi jangovar chaqiriq va shior” yoʻnalishida esa qoʻmondonlik matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan jangovar tayyorgarlik va jangovar shaylikni aks ettiruvchi videolavha eng yaxshi deya topildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti