Oliy harbiy bilim yurtida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

0
636

Aloqa harbiy institutda “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʻnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Kuni kecha, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida harbiy jamoalarda sogʻlom axloqiy-ruhiy muhitni yaratish, shaxsiy tarkibning huquqiy bilimlari va madaniyatini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga ongli ravishda yondashish, harbiy xizmatchilarni shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya haftaligi doirasida huquqiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Aloqa harbiy institut barcha shaxsiy tarkibi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi, Toshkent harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqan mutaxassislar korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan, siyosiy-iqtisodiy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Mayor Sherqoʻzi HAKIMOV, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti