Harbiy gospitalda “Oila – muqqadas dargoh” mavzusida davra suhbati  bo‘lib  o‘tdi

0
689

Yurtimizda har bir oilaning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada oshirish, uni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog’lom oila vujudga kelishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy sharoitlarni yaratish, oila ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlar tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.    

Joriy yilning 24-noyabr sanasida  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy  klinik gospitalida “Oila –muqqadas dargoh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati  bo‘lib  o‘tdi. Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirda “El-yurt hurmati ordeni” sohibasi Dilbar G‘ulomova, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchi ayollari, gospital ma’sul xodimalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar oilaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, er-xotin munosabatlari, yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etish usullari to‘g‘risida fikr yuritishdi.

Tadbir so‘ngida mehmonlarga Markaziy harbiy klinik gospitali rahbariyati nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dilmurod TILOVOV,
O‘zJOKU Internet jurnalistikasi yo‘nalishi talabasi