Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib keldi

0
563

13-20-noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi.

E‘tiborli jihati ushbu chempionatda Mudofaa vazirligi Sport markazi vakillari Svetlana Osipova oltin, Niyaz Polatov kumush, Nikita Rafalovich  hamda Feruza Sodiqova bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Bugun sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Ushbu marosimda Mudofaa vazirligi Sport markazi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti