Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati sinovdan o‘tkazildi

0
1001

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilar bilan “Sazagan” dala-o‘quv maydonida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotlardan oldin harbiy psixolog va mashg‘ulot rahbarlari tomonidan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bosqichlari, psixologik xurujlarning zamonaviy ko‘rinishlari, jang vaqtida yakka va jamoaviy tartibda harakatlanish borasida nazariy tushunchalar berildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar mashg‘ulotlar davomida nostandart vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish, kuchli ruhiy sinovlarni yengib o‘tish, jamoani jipslashtirish, xavfga qarshi tura olish hamda tashabbuskorlik va mustaqil bo‘la olish kabi hislatlarni shakllantirdi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar dala-o‘quv maydonidagi Axoqiy-ruhiy tayyorgarlik yo‘lagidan o‘tdi. Ushbu yo‘lak og‘ir sharoit va tog‘li (notekis) hududlardan o‘tish, dadillik va topqirlik ko‘nikmalarini hosil qilish, tabiiy va notabiiy to‘siqni yengib o‘tishda epchillik, tezkorlik hamda chaqqonlikni shakllantirish, ruhiy va qo‘rquvni yengib o‘tish, tez qaror qabul qila olish kabi xususiyatlari shakllantirishga xizmat qiladi.

Shaxsiy tarkibga ustki va pastki yo‘laklardan o‘tish davomida ruhiy holatini chiniqtirish maqsadida ovoz kuchaytiruvchi vositalari orqali jang maydonidagi tovushlari taqlid qilindi va yo‘lakdagi to‘siqlarni yengib o‘tish orqali shaxsiy tarkibda jismoniy chidamlilik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘mak berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati