Termizda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari uchun yig‘in boshlandi

0
1044

Termizda Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari (oʻrinbosarlari) hamda yosh vatanparvarlar yigʻini boshlandi.

Yigʻin davomida Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari (oʻrinbosarlari) qoʻshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida boʻladi.

Yigʻinning birinchi kunida belgilangan yigʻin punktiga yetib kelgan ishtirokchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, ularga kiyim-kechaklar topshirildi, shundan soʻng ishtirokchilari harbiy xizmatchilar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, qurol-aslahalar hamda zamonaviy harbiy texniklar hamda madaniy hordiq, sport inshootlari bilan tanishdi. Shundan keyin ishtirokchilar harbiy hisob mutaxassisligi boʻyicha guruhlarga taqsimlandi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov ham ishtirok etib, yigʻilish ishtirokchilarini qutladi, bir necha kun davom etadigan mashgʻulotlar mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat ekanini taʼkidlab, barchaga omad tiladi.

Shundan soʻng ishtirokchilar malakali mutaxasislar tomnidan jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni