Sayyor qabul — muammolarga ijobiy yechim

0
2378

Bugungi kunda har qanday tashkilotning oliy maqsadi xalqqa xizmat qilish va aholi vakillarni rozi qilishdan iborat. Ularning turmush darajasini yaxshilash, hayotida uchrayotgan muammolarni kamaytirish yurtimizda olib borilayotgan odil siyosatning asosiy tamoyiliga aylangan. Olib borilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq tashkil etilgan sayyor qabul ham murojaatlarni tinglash, muammolarni ijobiy hal qilishga bagʻishlangan.

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyevning navbatdagi sayyor qabuli ham ochiq va shaffof tarzda boʻlib oʻtdi. Muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul hariy xizmatchilar, harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻlimi vakillari ishtirok etdi.  

Qabul jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ellikka yaqin murojaatlardan aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan tegishli muddatlar belgilanib, hal etilishi uchun masʼulllarga vazifalar berildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar yuridik, tibbiy va uy-joy masalalari boʻyicha oʻzarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Shohsanam Nishonova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti