“Togʻ ishgʻol” guruhlari Chimyon markazida kuch sinashmoqda

0
1081

Chimyon togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashqlari markazida “Togʻ ishgʻol” musobaqalari start oldi. Mazkur musobaqa maxsus operatsiya kuchlari boʻlimlari “Togʻ ishgʻol” guruhlari va mutaxassislari oʻrtasida sogʻlom raqobatni tashkil etish, togʻning ogʻir iqlim sharoitlarida xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va ularning oʻz kasbining yetuk ustasi boʻlib yetishishiga imkoniyat yaratish hamda boʻlinmalarning jangovar shayligini saqlash, harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida tashkil qilinmoqda.

Musobaqada maxsus operatsiyalar kuchlari boʻlinmalarining “Togʻ ishgʻol” guruhlari tarkibida 18 nafar harbiy xizmatchilardan iborat mutaxassislar ishtirok etadi.

Musobaqaning birinchi bosqichida guruh harbiy xizmatchilari mutaxassisligi boʻyicha amaliy vazifani bajarish va togʻ tayyorgarligi boʻyicha nazariy bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Shundan soʻng, “Togʻli hududlarda azimutlar boʻyicha harakatlanish uchun maʼlumotlarning tayyorlash”, “Nishonlarni razvedka qilish”, “Mutaxassis-mergan”, “Mutaxasis-pulemyotchi”, “Mutaxassis-granatamyotchi”, “Mutaxassis-haydovchi” kabiy yoʻnalishlarda bahslashishdi.

Musobaqa qizgʻin tusda davom etmoqda.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti