Qarshida muddatli harbiy xizmatchilar bilan maroqli sayohat tashkil etildi

0
593

Go‘zal maskanlarga sayohat, ilmli insonlar bilan suhbatlar kishini ruhan tetik bo‘lishida muhim omildir.
Qarshi garnizonidagi harbiy qismlarning birida yigitlik burchini ado etayotgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar bilan bir kunlik sayohat tashkil etildi. Qarshi shahrida qad rostlagan “Vatanparvarlar bog‘i” bo‘ylab sayohat qilgan kishi jannatmakon yurtimizning go‘zal tabiatidan bahra olishi bilan bir qatorda, uning mudofaa qudrati bilan ham yaqindan tanisha oladi. Maskandagi ayanchli urush yillarini yodga soluvchi muzeyga kirar ekansiz, xayolingizda o‘sha zamon muhiti tiklana boradi. Qonli urush yillari haqida tilsiz so‘zlovchi eksponatlar bugungi yorug‘ kunlar shukronasini qilishga undaydi.

Shunday sermazmun sayohatdan keyingi manzil shahardagi Abdulla Oripov ijod maktabi bo‘ldi. Yurt himoyachilari avvalo maktabdagi O‘zbekiston Qahramoni hayotini aks ettiruvchi muzeyni ko‘zdan kechirdilar. Shoirning bolaligidan bosib o‘tgan yo‘li haqida ko‘plab ma’lumotlar olindi. Maskanda ta’lim olayotgan o‘g‘il-qizlar bilan bo‘lgan she’riy suhbatlar davomida Abdulla Oripov ijodi yana bir bora yod etildi.
Mezbonlar ham tashrif uchun Vatan himoyachilariga minnatdorlik izhor etdilar.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati