Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy holati yanada mustahkamlandi

0
707

Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabati bilan Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar sunʼiy toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtib, nostandart vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, kuchli ruhiy sinovlarni yengib oʻtish, har qanday xavfga qarshi tura olish hamda mustaqil harakatlana olish kabi xislatlarini oʻzlarida shakllantirishdi.

Shuningdek, ushbu yoʻlakda harbiy xizmatchilar ogʻir sharoit va togʻli (notekis) hududlardan oʻtish, dadillik va topqirlik koʻnikmalarini hosil qilish, tabiiy va notabiiy toʻsiqni yengib oʻtishda epchillik, tezkorlik hamda chaqqonlikni shakllantirish, qoʻrquvni yengib oʻtish, tez qaror qabul qila olish, topqirlik kabi xususiyatlarni egallashga qaratilgan 10 dan ortiq toʻsiqlardan oʻtib borib, qoʻl granatalarini dushman hududiga uloqtirish kabi amaliy mashgʻulotlarini ham oʻtashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati