Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi

0
772

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Chirchiq shahrida joylashgan uchuvchilar harbiy shaharchasi harbiy xizmatchilar hamda ularning oilalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Davron Usmonov, Chirchiq harbiy prokurori polkovnik Akbar Boboyev hamda Chirchiq shahridagi qator hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida harbiy xizmatchilar va ularning a’zolarini qiynab kelayotgan qator muammolar o‘z yechimini topdi. Xususan, ayrim murojaatchilarning o‘z farzandlarini maktab, bog‘chaga joylashtirish kabi muammolariga joyida hal etildi. Hamkor tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga esa harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tdi. 

Shuningdek, ta’lim krediti olish maqsadida bildirilgan murojaatga Ipoteka banki xodimlari tomonidan batafsil yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi.