Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana tantanalari

0
755

Bugun, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiytadbirlar, sport musobaqalari, marafonlar tashkil etilmoqda.

Xuddi shunday Zangota tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sana munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda maxsus avariya tiklash boshqarmasi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi, shuningdek, tumandagi “Vatanparvar” tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Dastavval, harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, qoʻl jangi mashqlari yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Maxsus avariya tiklash boshqarmasining “Impuls” harbiy orkestri tomonidan davlatimiz ramzi boʻlgan bayroqni madh etuvchi hamda vatanparvarlik ruhidagi quy-qoʻshiqlari yangradi. Maktab oʻquvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy va sheʼriy chiqishlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Tadbir soʻnggida bir guruh oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash kerakki, davlat bayrog‘i qabul qilinganiga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlandi.

Bayram tantanalari Markaziy harbiy okrugining Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg‘on hamda Navoiy garnizonlarida ham ko’tarinki kayfiyatda o’kazilib, unda keng jamoatchilik vakillari bilan birga harbiy xizmatchilar va yoshlar millatimiz g‘ururi va iftixori bo’lgan Davlatimiz bayrog‘ini ko’klarga ko’tarishdi.

 

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti