Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi raisiga yangi oʻrinbosar saylandi

1301

Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi ijroiya qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi raisining oʻrinbosari sifatida saylandi.

Tadbir davomida Federatsiya tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot tinglandi. Shuningdek, federatsiyaning viloyat boʻlimlari faoliyatini yaxshilash, oʻq otish sportini respublika miqyosida ommalashtirish va rivojlantirish masalalari ham tomonlama muhokama qilindi.

Konferensiya ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga Federatsiya rahbariyati batafsil javoblar berdilar.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti